Penetratsion test
Web, mobil va tarmoq. Qora, kulrang yoki oq quti — sizga qaysi biri kerakligini birga hal qilamiz.
Buxoro, O'zbekiston — 2021 yildan beri
Tizimingizni biz sindiramiz — begona odam sindirgunicha. Keyin uni qaytadan, mustahkam qilib quramiz.
Yoki o'ngdagi terminalga buyruq yozing — help dan boshlang.
Hujumchi qanday o'ylasa, biz ham shunday o'ylaymiz — lekin hisobot yozib, tuzatish yo'lini ko'rsatib. Har bir topilma isbot bilan keladi: qanday topilgani, nimaga xavfli ekani va qanday yopilishi.
Web, mobil va tarmoq. Qora, kulrang yoki oq quti — sizga qaysi biri kerakligini birga hal qilamiz.
Manba kodni o'qiymiz: in'ektsiya, huquq tekshiruvi yo'qligi, kodga yozib qo'yilgan sirlar, xavfli bog'liqliklar.
Server, Docker, bulut sozlamalari, huquqlar, zaxira nusxa. Ochiq qolgan port va boshqaruv panellari.
Sayt buzildimi, ma'lumot ketdimi? Nima bo'lganini aniqlaymiz, teshikni yopamiz, tizimni tozalab tiklaymiz.
Xavfsizlikni oxirida qo'shib bo'lmaydi — u poydevorda bo'lishi kerak. Shuning uchun biz qurgan mahsulot birinchi kunidanoq tekshirilgan bo'ladi.
SaaS, admin panel, korporativ sayt. Dizayndan serverga chiqarishgacha — bitta qo'ldan.
Flutter: Android va iOS bitta koddan. Do'konga joylashtirish va yangilanishlar ham bizda.
Unity'da mobil va PC o'yinlari. Prototipdan to'liq relizgacha, mexanika va vizualni birga o'ylaymiz.
Logotip, brend kitobi, interfeys tizimi, prezentatsiya. Chiroyli emas — ishlaydigan dizayn.
Buzish ham, qurish ham bir xil tartibda boradi. Farqi — har qadamda nima qilinishida. Chapda xavfsizlik ishi, o'ngda ishlab chiqish ishi.
Bu yerda faqat haqiqiy loyihalar. Uydirma mijoz logotiplari yo'q — Dzera yosh studiya va buni yashirmaydi.
Mahalla xodimlari uchun GPS asosidagi davomat tizimi: admin panel, xarita, hisobotlar va fon rejimida ishlaydigan mobil ilova. 65 ta mahalla, o'z serverimizda.
Fitnes va kundalik odatlar ilovasi: mashg'ulot rejasi, taraqqiyot kuzatuvi va motivatsiya tizimi. Dzeraning o'z mahsuloti.
Bir vaqtning o'zida kam loyiha olamiz — shuning uchun har biriga to'liq vaqt beriladi. Hozir keyingi o'rin ochiq.
Bir necha tugma bosing — taxminiy narx va muddat darhol chiqadi. Bu taklif emas, mo'ljal: aniq raqam suhbatdan keyin beriladi.
01 Nima kerak?
02 Qanchalik katta?
03 Qachonga kerak?
04 Qo'shimchalar
Taxminiy byudjet —
Taxminiy muddat: —
Narx O'zbekiston bozoriga mo'ljallangan va loyihaning haqiqiy hajmiga qarab o'zgaradi.
Keyin nima bo'ladi
Domen nomini yozing — 30 soniyada HTTPS, TLS sertifikati, xavfsizlik sarlavhalari, DNS pochta himoyasi va ochiq qolgan yo'llarni tekshiramiz. Bu hujum emas: faqat tashqaridan har kim ko'ra oladigan ochiq ma'lumot.
Bu — yuzaki tekshiruv. To'liq pentest ancha chuqurroq boradi.
Aloqa
Xabaringiz to'g'ridan-to'g'ri Davronbekka tushadi — oraliqda menejer yo'q. Loyihangiz haqida qanchalik ko'p yozsangiz, javob shunchalik aniq bo'ladi.